Tahlilçilarning sözlariga qaraganda, bugungi kunda oziq-ovqat bilan boğliq muammolar öz dolzarbligini aslo yöqotmagan. Bunga aholi sonining ösişi, qişloq xöjaligida işlab çiqariş imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanmaslik, mavjud yer va suv resurslaridan çeklangan miqdorda foydalaniş sabab bölmoqda.
Oziq-ovqat yetişmovçiligining yana bir sababi iqtisodiy inqiroz, qurğoqçilik va hosilning kam yiğiştirib olinişida közga taşlanmoqda. Şuningdek, ayrim davlatlar oziq-ovqat mahsulotlariga baho belgilaşda qöyayotgan xatoliklar ham oziq-ovqat muammolarini keltirib çiqargan.
Bugungi kunda sayyoramiz aholisi tezlik bilan köpayib bormoqda. Ayni damda yer yuzida 7 milliard inson istiqomat qilmoqda. BMT tahlilçilarining sözlariga qaraganda, yana 40 yildan söng sayyoramiz aholisi 9 milliard 300 million kişidan oşib ketadi. Asrimiz oxiriga borib esa aholi soni 10 milliard kişidan ortib ketişi mumkin. Biroq tuğiliş köpaygudek bölsa bu raqam 15 milliard kişiga yetişi ehtimoli bor.
Bu haqda BMTning Aholişunoslik fondi ma'lum qildi. Tadqiqotçilar farovonlik darajasining oşişi, ta'limdagi islohotlar hamda soğliqni saqlaş sohasida körilayotgan çora-tadbirlar samarasi ölaroq tuğiliş kamayişi mumkin, degan qaraşlarni ham örtaga taşlaşmoqda. Bundan 60 yil avval bir ayolga örtaça 6 nafar bola töğri kelgan bölsa, endilikda bu raqam ança kamaygan. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda bir ayolga 1,7 bola töğri kelsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bir ayolga 4,2 nafar bola töğri keladi. Dunyo böyiça bu raqam 2,5 ni taşkil qiladi.
BMTning Aholişunoslik fondi ma'lumotlariga qaraganda, aholi sonining ösişiga insoniyat qölga kiritayotgan muvaffaqiyatlar boş omil bölmoqda. Aholining ösişi Osiyo va Afrika qit'alari hisobiga bölmoqda. Aholi sonining oşib borişi bilan oziq-ovqat mahsulotlariga talab ham ortib borişi heç kimga sir emas. Insoniyatni boqiş uçun 2050 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlarini hozirgiga qaraganda 80 foiz köp işlab çiqarişni taqozo etadi.
Tahlilçilar oziq-ovqat mahsulotlariga talab rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan rivojlangan mamlakatlar hissasiga köproq töğri kelişini ta'kidlaşadi. Şuni afsus bilan ta'kidlaş kerakki, qaşşoq mamlakatlarda aholi töyib ovqat yemayotgan bir vaqtda rivojlangan mamlakatlar aholisi köp ovqat iste'mol qilişdan semirib ketmoqda.
Bugungi kunda yer yuzida 600 million aholi me'yoridan köp ovqat iste'mol qilişi aytiladi. AQŞ hissasiga yuz million kişi töğri keladi. Yevropa va Şimoliy Amerika mamlakatlarida aholi köp ovqat yeyayotgan bir vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda ovqatlaniş yaşab qolişning bir imkoni sifatida körilmoqda. Jahon Soğliqni Saqlaş Taşkiloti ma'lumotlariga qaraganda, bugungi kunda sayyoramiz aholisining 30 foizi töyib ovqat yemaydi. Jahonda bolalar ölimining 55 foizi töyib ovqatlanmaslik oqibatida yuz bermoqda. Sayyoramizda töyib ovqat yemayotganlar soni yil sayin oşib bormoqda.







