Turkiya qurolli kuçlari çegaraoldi hududidagi xavfsizlik vositalarini mini-dirijabllar deb ataluvçi uçuvçisiz kuzatiş tizimlari yordamida modernizatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Hurriyet Daily News xabar bermoqda. 

Tizim Turkiyaning yetakçi mudofaa korxonasi ASELSAN tomonidan yaratilgan. U mahalliy kuzatuv va xavfsizlik haqida tezkorlik bilan xabardor qiliş uçun möljallangan. 

Ma'lum qilinişiça, videokuzatuv tizimi real vaqt rejimida 360 graduslik köriş burçagi bilan tasvirlarni uzatişga qodir. Ma'lumotlar boşqaruv stansiyasiga jönatiladi. Ogohlantiriş tizimi kunduzgi va tungi kameralar bilan jihozlangan. Bundan taşqari, u yengil qurolli hujumlar va kuçli şamollarga bardoş bera oladi. 

Tizim ikki variantda taqdim qilingan. Suv tomçisi şaklini eslatuvçi model yoki dirijabl 16 metr uzunlikka ega va 1000 metr balandlikka kötarila oladi. Sferasimon model esa 500 metrgaça balandlikda tura olişi mumkin.

Turkiya armiyasi mini-dirijabllarni çegaraoldi hududlarida sinovdan ötkazişni boşlab yuborgan. Ayni vaqtda tizimdan 400 soat atrofida foydalanilgan.