Kurdiston işçilar partiyasining kamida 27 nafar jangarisi Turkiya Harbiy havo kuçlarining hujumi natijasida halok bölgan. Ma'lum qilinişiça, Turkiyaning Eron va Iroq bilan çegarasi hududidagi kurd jangçilari bazalari bombardimon qilingan.

Şanba kuni Turkiyaning Xakkari viloyatidagi Şemdinli şahri hamda Iroq şimolidagi Gara tumani hududida havo zarbalari amalga oşirilgan.

Turkiya va bir qator mamlakatlarda KIP (Kurdiston işçilar partiyasi) terroristik taşkilot sifatida hisoblanadi.