Özbekiston hukumati Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi yölida aviayölovçilarni tekşiriş tartibi töğrisidagi qarorni imzoladi. 

Unga muvofiq, havo xavfsizligi tekşiruviga barça havo kemalari, yölovçilar, ekipaj a'zolari, aeroport xodimlari va boşqa mansabdor şaxslar heç qanday istisnosiz jalb qilinadi. 

Taqiqlangan buyumlar va moddalar olib ötiş imkoniyatini çeklaş uçun tekşiruvdan ötganlar  bunday tekşiruvdan ötmaganlar bilan muloqotga kirişmasligi kerak.

Tekşiruv çoğida taqiqlangan buyumlar va moddalar topilgan holatlarda, ular qaytarib beriş yoki qaytarib bermaslik şarti bilan olib qöyiladi. 

Tekşiruvdan böyin tovlagan har qanday şaxsga havo kemasi bortiga ötiş taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda yölovçining şaxsi va uning tekşiruvdan böyin tovlaşi sababi aniqlanadi. 

Qölda olib ötiladigan yuklarni tekşirişda aviatsion xavfsizlik böyiça tekşiruv xizmatining tezkor nazoratçisi termoslar, radio va telequrilmalar, audio va videotexnika, portativ kompyuterlar, planşetlar, mobil telefonlar, musiqiy asboblar, katta hajmdagi öyinçoqlar, soyabonlar, tromtlar, kitob va boşqa buyumlarga e'tibor berişi kerak, çunki ularda portlovçi uskunalar, qurol-yaroğ va olib ötilişi taqiqlangan boşqa xavfli buyumlar yaşiringan bölişi mumkin. 

Yölovçilarning yuki maxsus texnik vositalaridan foydalanib nazoratdan ötkaziladi. 

Yölovçilarning şaxsan özlari esa taftiş xonasida faqat özlari bilan bir xil bölgan jins vakillari tomonidan tekşiriladi. Bir vaqtning özida bir neça yölovçini şaxsiy tekşiruvdan ötkaziş taqiqlanadi. Voyaga yetmagan bolalar, nogironlar yetakçilik qiluvçi şaxsning köz öngida tekşiruvdan ötkaziladi. 

Barça suyuqliklar, aerozollar va gellar (SAG) aviatsion xavfsizlik tekşiruvidan ötkaziladi. SAGga barça suyuqliklar, gellar, aerozollar, suv, boşqa içimliklar, şörvalar, qiyomlar, murabbolar, dudlangan göşt, souslar, losonlar, pardoz vositalari, spreylar, idiş içidagi, bosim ostidagi narsalar, soqol oliş köpigi, tiş pastasi, qattiq moddalari bölgan suyuqlik aralaşmalari, gigiyenik pomada va şunga öxşaş har qanday mahsulotlar kiradi. 

SAG maxsus texnik vositalarida nazoratdan ötkaziladi. Aeroportdagi boj tölovisiz savdo qilinadigan dökonlardan sotib olingan yoki havo kemasi bortida qölga kiritilgan suyuqliklar bundan mustasno.

Barça suyuqliklar 100 millilitrdan köp bölmagan idişlarda ötkaziladi. Dori-darmonlar, bolalarning sut mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va şu kabi parhez yoki tibbiy ehtiyojga möljallangan boşqa suyuqliklar bundan mustasno.