Huawei kompaniyasi serverlar uçun Hi1612a nomini olgan şaxsiy protsessorini yaratdi.
Qurilma 16 nanometrli texnologiya asosida Taiwan Semiconductor Manufacturing Company (TSMC) korxonasida işlab çiqarilayotgani ma'lum böldi. Çip 16ta yadrodan iborat. 64 bitli instruksiyalarning qöllanilişi hamda ARMv8-A platformasi bilan moslaşişi aytilmoqda. Afsuski, protsessorning boşqa tavsiflari keltirilmadi.
Şuni ta'kidlaş joizki, Huawei ançadan beri mobil qurilmalar uçun şaxsiy protsessorlarini işlab çiqaradi. Masalan, ötgan yilning oxiriga kelib, kompaniya smartfon va fabletlar uçun qudratli Kirin 950 çipini namoyiş qildi. U ikkita klasterga ajratilgan 8ta yadrodan iborat - bu 2,53 GGts'li Cortex-A72 kvarteti hamda 1,8 GGts'li Cortex-A53 kvarteti. Grafik komponenti Mali T880MP4 integratsiyalaşgan kontrollerga asoslanadi. Çip LTE Cat.6 uyali modemga ega; VoLTE (Voice over LTE) texnologiyasi - törtinçi avlod mobil tarmoğining ovozli tizimi qöllanadi.

Kuzatuvçilarning fikriça, Huawei'ning şaxsiy server protsessorlarini işlab çiqarişi - dadil qöyilgan qadam. Gap şundaki, unga muvofiq keluvçi bozor ma'lum ma'noda murakkab, çip işlab çiqaruvçilar ham barqarorlik, mahsulotlarning işonçliligi, uzoq muddatli ta'minot kabi köp omillarni hisobga olişi kerak böladi.







