The Guardian naşrining xabar berişiça, boks böyiça sobiq jahon çempioni Muhammad Alining 10 iyun kuni bölib ötadigan dafn marosimida britaniyalik boksçi Lennoks Lyuis va Hollivudning maşhur aktyori Umill Smit iştirok etadi.
Maşhurlar dafn marosimi kuni marhumning yaqinlari bilan birgalikda uning tobutini kötarib boradi.
Ma'lum bölişiça, Muhammad Ali 2010 yilda öz dafn marosimining ssenariysini yozib qöygan.
Janoza haqidagi mazkur “risola”ning hajmi taxminan beş santimetrni taşkil etadi. Marhumning istagiga köra, dafndan avval stadionlarning birida vidolaşiş marosimi bölib ötib, xohlovçilar marosim kuni u bilan vidolaşiş mumkin.
Stsenariyga köra, Alini qabrgaça kuzatiş marosimi jarayoni köçada keçadi va yöl-yölakay sportçi nomiga taşkil etilgan muzey yonidan ötiladi.
Bundan taşqari, boksçi özi tuğilib ösgan joyda dafn etilişini istagan.
Alining dafn marosimi juma kuni, 10 iyunda, Kentukki ştatining Luisvill şahrida bölib ötadi, bu jarayon internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali translyatsiya qilinadi.
Dafn marosimida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğan, AQŞ sobiq prezidenti Billi Klinton, şuningdek, aktyor Billi Kristal iştirok etadi.
Muhammad Ali 3 iyun kuni 74 yoşida Finiks şahrida vafot etdi.
Muhammad Alining ölimi septik şok natijasida yuz bergan.







