Aktyor Uill Smit va öta oğir vaznda sobiq jahon çempioni Lennoks Lyuis afsonaviy boksçi Muhammad Alining dafn marosimida uning tobutini kötarib boruvçilardan bölişadi, deb xabar qiladi Frans-press agentligi. 

Amerikalik aktyor Uill Smit Maykl Manning 2001 yilda suratga olgan "Ali" filmida jahon boks yulduzi rolini ijro etgan. Uşbu filmdan söng Smit Muhammad Ali bilan qalin döstona aloqalar örnatgan. Britaniyalik va kanadalik sportçi Lyuis esa sönggi 25 yildagi eng nomdor boksçilardan biri hisoblanadi. 

Umuman, Ali bilan vidolaşuv marosimida uning tobutini, boksçining yaqinlari va qarindoşlaridan iborat 8 kişi kötarib boradi. Alining tobuti 5 iyun kuni ona şahri Luisvill (Kentukki ştati)ga keltirilgan edi. 10 iyun kuni dafn marosimi bölib ötadi. 

Muhammad Ali 3 iyun, juma kuni 74-yoşida Finiks (Arizona ştati) şifoxonalaridan birida hayotdan köz yumdi. U nafas oliş bilan boğliq muammolarga duç kelgaç, şifoxonaga yotqizilgan edi.