Amerikaning telekommunikatsion kompaniyasi Verizon Communications Inc. Yahoo internet-kompaniyasining asosiy biznesini 3 milliard dollarga sotib oliş niyatida, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Ma'lum bölişiça, bu mablağ kompaniyaning asosiy aktivlari böyiça takliflar kengaytmasining ikkinçi raundi yakuni arafasida e'lon qilindi. Naşrning ma'lumotiga köra, TPG investitsion kompaniyasi ham dedlayngaça öz taklifini berişni rejalaştirgan. 

Gazetaning xabar berişiça, ayni damda Verizon eng katta xarid sifatida Yahoöni sotib olişga e'tibor qaratgan. Biroq kompaniya arizalarning yana bir raundini ötkazadi va bunda rejalar mutlaqo özgarişi ehtimoli bor.