AQŞlik muhandis va videobloger Allen Pen inson harakatlarini radioboşqariluvçi maşina pulti yordamida boşqaruvçi şlem yaratdi. Uşbu holat videosi Penning YouTube kanalida çop etildi.
Pen şlem prototipi sifatida Marvel studiyasining komikslaridagi Professor Iksning şlemini olgan. Muhandis öz ğoyasini amalga oşirişda pultdan taşqari tok çeklagiçi va uning H-köprigidan foydalangan.
Natijada tokni elektrodga uzatişni boşqaruvçi sxema yaratildi. Elektrodlar quloqlar yonida mahkamlanib, galvanik vestibulyar simulyatsiyani bajaradi va dahliz-çiğanoq nervining vestibulyar ildizçasiga ta'sir qiladi.
Pultdan beriladigan buyruqlar insonni uning tanasi fazoda özgarayotganini his qilişga majbur qiladi. Natijada u bu muvozanatni saqlab qoliş uçun tegişli harakatlar amalga bajara boşlaydi. Keyinroq şlemdagi odam operator uni yönaltirayotgan tomonga harakatlana boşlaydi.







