WikiLeaks sayti asosçisi Julian Assanjdan yangi foş etişlar – bu gal AQŞ prezidentlik saylovoldi kampaniyasi haqida. WikiLeaks asosçisining aytişiça, Google qidiruv tizimi Xillari Klintonning Oq uy uçun poygadagi yaqin hamkoriga aylangan.

"Google Davlat departamentidan foydalanadi va aksinça. Bu turli darajalardagi umumiy birlaşiş", deb Assanj aytgan sözlarni keltirib ötdi RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Assanj buni şunday tuşuntirdi: Google smartfonlar bozorining yarmini nazorat qiladi. Bundan şu kelib çiqadiki, siz qurilmani nazorat qilsangiz, unda uning foydalanuvçisini ham nazorat qilasiz.

WikiLeaks asosçisi 2015 yilgi voqealarga e'tibor berişni taklif qildi. Avval Google bilan AQŞ prezidenti Barak Obama ma'muriyati bilan kelişuv bölgan, kompaniya rahbarlari esa Oy uyga oxirgi tört yil içida har hafta taşrif buyurganlar.

Google’ning saylov kampaniyasiga aralaşganligi bu bilan tugamaydi. Kompaniyaning sobiq rahbari Erik Şmidt Xillari Klintonning prezidentlik kompaniyasiga raqamli jör bölişni yaratgan. Assanjning aytişiça, Erik Şmidt Pentagonning innovatsion qömitasi hamraisi hisoblanadi.

Assanj bunday ma'lumotlar bilan "Russian Today" xalqaro axborot agentligining xalqaro mediaanjumanida videoaloqa orqali bölişdi. Assanj hali ham Ekvadorning Londondagi elçixonasida qolmoqda. 

Moskvada 6-7 iyun kunlari "Novaya epoxa jurnalistiki: proşçaniye s meynstrimom" nomli mediaanjuman bölib ötdi. Anjumandagi asosiy mavzu jurnalistikaning kasb va tarmoq sifatidagi ahvoli hamda uning zamonaviy dunyodagi roli böldi. Anjumanda 30 ta davlatdan, jumladan AQŞ, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Misr, Armaniston, Ozarbayjon va BAAdan mediaekspertlar iştirok etdi.