Eng maşhur «Antutu» bençmarki saytida 2016 yilning may oyiga köra eng samarador smartfonlar röyxati havola etildi.

Natijalar köpçilikni ajablantirişi mumkin, biroq umumiy olganda ular kutilganidek -  yetakçi poğonalarni 6 gigabaytli operativ xotiraga ega bölgan qurilmalar egalladi. Bu haqida Androidinsider.ru resursi ma'lum qildi. 

Ilk uçta örin  «Vivo Xplay 5 Elite», «LeEco Max 2» va «Lenovo ZUK Z2 Pro» qurilmalariga nasib etdi. Bu uç qurilma öxşaş xususiyatlarga ega bölib, ularning barçasini «Snapdragon 820» protsessori va 6 Gb operativ xotira birlaştirib turadi. 

Ularning uçalasi ham taxminan bir xil ballga ega bölişgan: eng samarador qurilma hisoblanmiş «Vivo Xplay 5 Elite» - 138706 ball, «LeEco Max 2» - 138026 ball va «Lenovo ZUK Z2 Pro» esa 136853 ball töplaşdi. 

Törtinçi va beşinçi örinlarni «Snapdragon 820» protsessor va 4 gigabaytli operativ xotira bilan ta'minlangan «Xiaomi Mi5» va «Samsung Galaxy S7 Edge» qurilmalari egallaşdi. 

Oltinçi hamda yettinçi poğonalardan 133781 va 131401 ball töplaşga muvaffaq bölgan «iPhone 6S», «iPhone SE» qurilmalari joy olgan. 

Sakkizinçi örinda «LG G5» smartfoni joylaşib, u 128232 ball töpladi. 

Öntalikning töqqizinçi qatorini 96756 ball bilan «Meizu Pro 6» qurilmasi band etdi va nihoyat, röyxatni 94 mingdan sal köproq ballga ega bölgan «Honor V8» smartfoni yakunlaydi. 

Bunday natijalar kutilgan, ammo ilk törtta örinning xitoyliklarning brendlariga nasib etişi biroz ajablantiradi, axir avvallari birinçi örinlarni nomdor brendlar egallar edi, Xitoy mahsulotlaridan esa röyxatda faqat «Xiaomi» qurilmalarini köriş mumkin bölardi. 

Boşqa tomondan esa, «Xiaomi Mi5» va «Samsung Galaxy S7» u qadar yangi mahsulot emas, şu bois oxirgi paytda Xitoy bozorining sezilarli ravişda kötarilganini hisobga oladigan bölsak, ulardan mö'jiza kutişning hojati yöq.