Londonning "Çelsi" futbol klubining sobiq şifokori Yeva Karneyro va klub örtalaridagi özaro kelişmovçilikni tartibga solişdi va sud taftişi davomida tinçlik bitimini tuzişdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.
Karneyro klubni va jamoaning sobiq boş murabbiyi Joze Mourinoni tahqirlaşda ayblab, sudga bergan. Avvalroq Karneyro klub bilan kelişmovçilikni 1,2 mln funt sterling miqdoridagi tovon puli evaziga sudgaça hal qilişga rozi bölmagani ma'lum qilingandi.
"Çelsi" Karneyro bilan kelişuvga erişilganini ma'lum qilişdan mamnun va vaziyat şifokorning klubdan ketişini taqozo qilganidan afsusda. Rasman ta'kidlaymiz, şifokor maydonga yugurib çiqişi öyin qoidalariga va jamoa şifokori vazifalariga töliq mos keladi", deyilmoqda xabarda. Kelişuv erişilgan şartlar oşkor qilinmagan.
Öz navbatida, Mourino Karneyroga klub şifokori sifatidagi a'lo işi uçun minnatdorçilik bildirdi.
Eslatib ötamiz, Angliyaning yakunlangan mavsumining "Çelsi" va "Suonsi" örtasidagi 1-uçraşuvida Karneyro "Çelsi"ning jarohat olgan öyinçisi Eden Azarga yordam bergani maydonga yugurib çiqqan. Qoidalarga köra, şundan keyin futbolçi vaqtinça maydonni tark etişi kerak bölgan va bu holda jamoa kamçilik bölib qolardi. Mourino şifokorning bu xatti-harakatlaridan aççiqlanib, uni tanqid qilgan va jamoa bilan işlaşdan çetlatgan edi. Karneyro keyinroq jamoani butkul tark etgan.







