GizmoSlip’ning YouTube-kanalida iPhone smartfonining antiqa kraş-testi videosi paydo böldi. 

Rolik mualliflari ananas qurilmani katta balandlikdan taşlanganda qançalik himoyalay olişini aniqlaşga qaror qilişgan. Sinaluvçi qurilma sifatida "puşti oltin" rangidagi iPhone 6s tanlandi.

Tajribaçilar ananasda teşik öyib, uning içiga ayfonni solib, baland binoning ustiga çiqişgan.

"Smartfonli" ananas 30 metr balandlikdan taşlangandan keyin, ananas mayda bölaklarga parçalanib ketgan, telefonning esa ekrani darz ketgan. Rolikda bunday "parvozdan" keyin smartfon işçi holatda qolgani namoyiş qilingan.  

Avvalroq SquareTrade kompaniyasi yangi iPhone SE smartfonini bardoşlikka sinagandi. Aniqlanişiça, qurilma qalinroq korpusga ega bölganiga qaramasdan, egilişga sinovlarda özini yaxşi namoyon qila olmagan.