2016-yilning iyun oyida, Toşkent şahridagi Inha universiteti (IUT) TOEFL iBTning internet talqinini işlab çiqqan ETS taşkilotidan test ötkazişga ruxsat oldi hamda TOEFL iBT testlarining sertifikatlangan ma’muriy markaziga (CTAS – Certified Test Administration Site) aylandi.
TOEFL (Test of English as a Foreign Language) – bu ingliz tili böyiça xalqaro imtihon. TOEFLning asosiy maqsadi – ingliz tilisi ona tili bölmaganlarning tayyorgarlik darajasini baholaşdir. Hozirgi paytda TOEFL dunyoning 130 mamlakatidagi 9 mingdan ortiq oliy öquv yurtlarida tan olinadi.
Qayd etib ötamiz, TOEFL yoki IELTS sertifikatini zarur ballar bilan taqdim etilişi (fakultetlarga qarab), Toşkent şahridagi Inha universitetiga, şuningdek, Toşkent şahridagi xorijiy oliy öquv yurtlarining filiallariga öqişga kiriş uçun asosiy talablardan biri hisoblanadi.
IUTdagi TOEFL iBT böyiça dastlabki imtihonlar 18-iyun va 25-iyun kunlari ötkaziladi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olişingiz mumkin - https://inha.uz/en/toefl/. IUTda TOEFL iBT imtihonini topşiriş uçun, ETSning (https://www.ets.org/toefl/ibt/register/) rasmiy saytida röyxatdan ötiş lozim.







