Qozoğiston aviakompaniyalari, "EKSPO-2017" xalqaro ixtisoslaşgan körgazmasi çoğida, Ostonadan Özbekistonning qator sayyohlik markazlariga yangi aviaparvozlarni amalga oşirişni rejalaştirayapti, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi Qozoğistonning Özbekistondagi elçisi Yerik Utembayevga asoslangan holda. 

Uning sözlariga köra, bu taşabbus soha vazirlik va kompaniyalari örtasida muhokama qilingan. Xususan, Toşkent, Samarqand va Buxoroga parvozlar yölga qöyilişi mumkin. 

"Bu öziga xos sayyohlik loyihasi böladi. Biz, Butunjahon körgazmasiga 5-6 million kişi kelişini taxmin qilyapmiz. Ularning aksar qismi, albatta Özbekistonning dunyoga maşhur sayyohlik markazlariga borişni xohlaşadi. Şu bois, ularga bu imkoniyatni taqdim etiş istagidamiz", — degan qozoq elçisi Utembayev. 

"Özbekturizm" milliy kompaniyasi bu ğoyani faol qöllab-quvvatlagan. Özbek tomoni, muzokaralar çoğida ikki davlat turoperatorlarining harakatlarini uyğunlaştiriş va "EKSPO-2017" körgazmasi davomida çegaradan ötiş jarayonini birmunça soddalaştiriş taklifini katta qiziqiş bilan qabul qilgan.

Mamlakatlar vakillari, şuningdek, temiryöl sohasida ham hamkorlikni faollaştirib, Özbekiston va Qozoğistonning bir neça şaharlari örtasida poyezdlar qatnovini yölga qöyiş niyatida.