Sanoqli oylardan keyin oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari bölib ötadi. Ayni paytlarda esa aksariyat abituriyentlar bilim oliş, maktab va kollejlarda egallagan bilimlarini takrorlaşga qattiq kirişgan. Kimdir repetitor yollab, maşğulotlarga qatnayotgan bölsa, kimdir mustaqil şuğullanmoqda. Uztest.uz sayti abituriyentlarga imtihonga tayyorgarlik böyiça bir qator foydali tavsiyalarni işlab çiqdi. Ularga rioya qiliş tayyorgarlik, bilimlarni sinovdan ötkaziş va imtihonlarni muvaffaqiyatli topşirişga yordam beradi. Demak, bölğusi talabalar e'tibor qaratişi lozim bölgan tavsiyalar quyidagilardan iborat.
Vaqtingizdan unumli foydalaning
Ayrim abituriyentlar imtihon boşlanişiga bir kun qolganda: “Qaniydi yana bir hafta vaqt berilsayu yaxşilab takrorlab olsam”, deb orzu qiladi. Bunday holga tuşib qolmaslik uçun sinovlarga vaqt borida tayyorgarlik körib boriş kerak. Buning uçun vaqtingizni samarali taqsimlab çiqing. Har xil foydasiz maşğulotlar, “Odnoklassniki”, “Feysbuk” yoki Telegram uçun qimmatli vaqtingizni isrof qilmang.
Miyaga zöriqiş beradigan ortiqça axborotlardan xalos bölişga harakat qiling. Buning eng töğri yöli — ijtimoiy tarmoqlar, döstlar bilan uçraşuv va suhbatlardan imtihongaça uzoqlaşiş. Agarda bu qölingizdan kelmasa, sevimli resurslarga kiradigan vaqtingizni çeklang — kuniga 10-20 daqiqadan oşmasin. Aks holda ulgurmasligingiz mumkin.
Töğri ovqatlaning
Unutmang, miyaning yaxşi işlaşi uçun unga yetarli miqdorda suyuqlik kerak. Şuning uçun doimo öqiyotgan vaqtda oldingizda içişga suv yoki kök çoy bölsin.
Şifokorlar abituriyentlar ertalabki nonuştaga katta e'tibor qaratişi kerakligini uqtiradi. Ertalabki ovqat kişiga kun davomidagi zarur energiyani beradi. Ertalab organizm “uyqudan uyğonişi” uçun bir stakan suv içing, oradan qançadir vaqt ötib ovqat yeng. Nonuşta kletçatka va oqsilga boy bölişi şart: suli bötqasi (ovsyanaya kaşa), tuxum, yoğsiz tvorog, pişloq, yonğoq, xöl va quruq mevalar.
Tuşlik va keçki ovqatda V guruhiga mansub vitaminlar va temirga boy mahsulotlar — qizil göşt va jigar, baliq, yirik maydalangan buğdoy va boşoqli ösimliklar unidan yopilgan non, rangli karam, qöziqorinlar koni foyda. Ovqatlanişlar orasida ham yengil tamaddi qilib olişni unutmang. Lekin konfet, çips, gazli içimliklar kabi kimyoviy moddalar qöşilgan yeguliklardan uzoqroq böling, ular örniga meva va sabzavotlar iste'mol qiling. Ba'zida qora şokolad yeb turing. Uning aççiqroğini tanlang — miyaning yaxşiroq işlaşiga yordam beradi.







