AQŞda yurak köçirib ötkazişga navbatda turgan bemorlarga bunday hayotiy muhim organsiz uzoq vaqt yaşaş imkonini taqdim etuvçi yangi texnologiya muvaffaqiyatli sinovdan ötdi.
Sten Larkinning yuragi vazifasini 17 oy davomida uning ryukzagida yotgan uskuna bajardi. Bu haqida CNET ma'lum qilgan.
Larkin (hozir u 25 yoşda) va uning katta akasiga 10 yil avval "oilaviy kardiomiopatiya" taşxisi qöyilgan - nasliy miokard kasalligiga çalinganlar bemorlarning yurak faoliyati 10-20 yoşidan boşlab töxtaşni boşlaydi. 2014 yilning dekabrida Larkinning bu organini olib taşlaşdi, örniga sun'iy yurak qöyildi, şundan söng uni SynCardia Freedom Portable Driver deb nomlangan qurilmaga ulab qöyildi. Uşbu qurilmaning oğirligi 6 kilogramm bölib, u organizmda qonni yurgiziş vazifasini bajaradi.
Qurilma yuragi butkul töxtagan bemorlarga möljallangan. U yelkada osib yuriladigan ryukzakda olib yuriladi: bu qon yurişi uçun birinçi köçma kuç manbai. SynCardia Freedom Portable Driver 2014 yilda barça klinik sinovlardan ötgan.
2014 yilda avstraliyalik jarrohlar uç nafar bemorga "ölik" yurak köçirib ötkazişgan. Urişdan töxtagan yurakning transplantatsiya qilinişini olimlar butun bir davr hodisasi deb ataşgan: yangi texnologiya tufayli köçirib ötkazişga yaroqli organlar töplami köpayadi, bu insonlarning hayoti 30 foizga köp saqlanib qoladi deganidir.
Köçirib ötkaziladigan organlarga bölgan talab deyarli doim taklifdan oşadi. Faqat AQŞning özidagina transplantatsiyaga 121 ming odam navbat poylab turibdi, bunday operatsiyani amalga oşirişning imkoni bölmaganligi natijasida har kuni örtaça hisobda 22 kişi hayotdan köz yumadi.







