Yevro-2016 öyinlari arafasida turli taxminlar, fikrlar köpayib ketdi. Futbolçilar masalasida-ku, aytmasa ham böladi. Anan şunday futbolçilardan biri, Fransiya terma jamoasi hujumçisi Antuan Grizmanndir.

Tuşkun kayfiyat 

Çempionlar Ligasining finalidan söng Grizmanni umuman tuşunib bölmay qoldi. Şu bois u Yevro-2016 ni juda tuşkun kayfiyatda boşlamoqda. Hujumçining top-darajasi yana söroq ostida turibdi. Uning bundan keyingi taqdirini terma jamoadagi öyini hal etib beradi. 

Jismoniy kamçilik

Ötgan hafta UYeFA Player Barometer – Yevro-2016 ning eng serğayrat futbolçilari röyxatini taqdim etdi. Hisoblar şuni körsatmoqdaki, Kriştianu va Zlatan barçani ortda qoldirmoqda. Grizmann – bu röyxatda 39-örinda qayd etilgan.

Buning tasdiği sifatida hujumçining sönggi oylarda yuguriş masofasi 0,5 kilometrga qisqartirgani bilan izohlaşmoqda.

Noodatiy taktika

Hujumçining yana bir muammosi şundaki, u murabbiy bilan uyğunlaşa olmayapti. “Atletiko”ning aksar hujumlari Antuanning zarbasi bilan yakunlanadi. Unga qanotlardan yoki markaziy qismdan töp uzatişadi va u hujumni qoyilmaqom etib yakunlaydi. Ammo Deşamning taktikasi özgaça.

Dide Antuanni 4-3-3 sxemasida qöllaydi. Sababi oddiy: Antuan Grizmanning tezkorligi va driblinglari markazning tezkor almaşinuviga sabab böladi.

Şu sabab ham fransuzlarning uşbu hujumçisini zudlik bilan yomon kayfiyat ta'siridan çiqib ketişiga erişiş kerak. Aks holda Fransiya muşkul ahvolga tuşib qolişi mumkin.