Stenford universiteti neyrobiologlari erkaklar va ayollar xulq-atvoridagi farq miya faolligida aks etişini körsatib berişdi. Bu yerda gap turli jinsga ega odamlarning har qanday muammoga öz yondaşuvi borligini haqida ketmoqda, ular ikki jins vakillarining hamkorligi orqali hal qilinişi kerak. Mazkur tadqiqot Scientific Reports jurnalida naşr etilgan.
Dastlab ötkazilgan psixologik tadqiqotlar şuni körsatdiki, erkaklar boşqalar bilan katta guruhlarda yaxşi hamkorlik qilişadi, ayollar esa boşqa ayollar nazorati ostida hamkasblari bilan özaro hamkorlik qilişadi. Bundan taşqari ayollar va ularning jinsdoşlariga qaraganda erkak kişi boşqa bir jinsdoşi bilan osonroq til topişadi. Aralaş juftlikda ayol erkakka nisbatan hamkorlikka köproq intiladi.
Faol hamkorlik qilayotgan erkak va ayolning miyasida nima sodir bölayotganini aniqlaş uçun olimlar giperskanerlaş texnologiyasiga murojaat qilişdi. Bu usul ikki kişining özaro muloqot qilayotgan paytida ularning miyasi faolligini aniqlaş imkonini beradi. Tadqiqotçilar magnit-rezonans tomografiyasi örniga yaqin infraqizil sohada spektroskopiyadan foydalanişdi.
Tadqiqotlarda jami 222 kişi iştirok etdi, ularning har biriga hamkor belgilaşdi. Juftliklar ikki erkak, ikki ayol yoki ikki jins vakillaridan iborat böldi. Har bir kişi hamkorining qarşisida kompyuter oldida ötirdi. Sinalayotgan juftlikka kompyuter ekranining rangi özgarganda bir vaqtda tugmani bosiş taklif qilindi. Har bir urinişdan söng sinalayotgan kişilarga kim birinçi, kim esa sal keyinroq va qanday interval bilan tugmani bosgani haqida ma'lum qilib borişdi.
Olimlar erkak juftliklar ayol juftliklarga nisbatan vazifani yaxşiroq bajarişganini, ammo har bir insonning miya faolligi juftlikda muvofiqlikning yuqori darajasini körsatişini aniqlaşdi. Şunisi qiziqki, ikki jins vakillaridan iborat juftliklar ham xuddi erkak juftliklar kabi vazifani yaxşi uddalaşdi, biroq ularning miyasida muvofiqlik kuzatilmagan.







