Kelasi haftada Filadelfiya şahar kengaşi şakarli va parhez içimliklarga soliq soliş masalasi böyiça ovoz beradi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi. 

Dastlab şahar meri Jim Kenni limonadlarning bir untsiyasiga (0,029 l) 3 sentdan soliq solişni taklif etgan, ammo munozaralardan söng, 1,5 sentga tuşirilgan. Bu bir yarim litrlik kola içimligi 76 sentga qimmatlaşadi, deganidir. Agar qonun loyihasi ma'qullansa, undan tuşgan mablağlar bolalar boğçalari, munitsipal maktablar va parklarga sarflanadi. 

Ovoz beriş jarayoni boşlanmasdan taşabbusga qarşi çiqqanlar «heç qanday yangi soliqqa örin yöq!» deya baqirişgan, bunga javoban loyiha mualliflarining «bolalar kutib tura olmaydi!» deganlarini eşitişgan. 

Qayd etilişiça, gazli şirin içimlik işlab çiqaruvçilar, mazkur qonun loyihasiga qarşi millionlab dollar sarflaşgan. 

Aytiş joizki, AQŞdagi limonadlarga soliq solgan yagona şahar Kaliforniya ştatining Berkli şahri hisoblanadi. U yerda 126 ming kişi istiqomat qiladi. Öz navbatida, 1,5 mln aholisi bilan Filadelfiya mamlakatning kattaligi böyiça beşinçi megapolisidir. Şunga köra, agar qonun qabul qilinsa, u AQŞning limonadlardan soliq oluvçi birinçi yirik şahri böladi.