Google’ga egalik qiluvçi Alphabet kompaniyasi simsiz internetni optik-tolali kabelli internetdan arzonroq qilmoqçi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.

Alphabet rahbari Erik Şmidt har yilgi aksionerlar yiğilişida mikrosxemalarning yaxşilanişi va signalning aniq pozitsiyalanişi simsiz aloqa texnologiyasini "boğingizni kabel ötkaziş uçun kavlaşdan arzonroq qiladi", deb aytdi. Şmidtning ta'kidlaşiça, kompaniya rahbariyati uşbu texnologiya  1 Gbit/soniya tezlikka erişişga imkon beradi, deb hisoblamoqda.

Google Fiber bölimi Kanzas-Sitidagi yuqori tezlikdagi tarmoqni yaratişda turli işlanmalarni sinovdan ötkazmoqda. Internetga simsiz ulaniş uçun foydalanuvçilarga maxsus qabul qiluvçi qurilmani örnatiş talab qilinadi, buni namoyiş qiluvçi tizim keyingi yildayoq işga tuşişi kerak.

Şmidt Alphabet istiqbolli deb hisoblaydigan ba'zi texnologiyalar haqida gapirib ötdi, bular: ösimlik asosidagi sun'iy göşt, binolarning 3D-bosmasi, virtual reallik va sun'iy ong.

"Kelajakni başorat qilişning eng yaxşi usuli uni ixtiro qilişdir. Biz Alphabet şu nuqtai nazardan kelib çiqamiz", deb aytdi Şmidt.