Dasturçi Nik Li iPhone ekranida Android mobil operatsion tizimi interfeysini köriş imkonini beruvçi ğilof yaratdi. Bu haqida u özi işlaydigan Tendigi studiyasi blogida yozdi.
Tizim ğilofga örnatilgan kompyuterda işlaydi. iPhone’ga esa onlayn rejimida Android qobiqdagi tasvirlar oqimi töxtovsiz uzatiladi.
Li öz ğoyasini amalga oşiriş uçun yagona boşqaruvli Android Marshmallow 6.0.1 OTga ega Lemaker HiKeu kompyuteridan foydalandi.
Bundan taşqari, dasturçi smartfonlar va kompyuterlar örtasida özaro boğliqlikni amalga oşiriş uçun Android Open Source Project bazasida dasturiy ta'minotning maxsus versiyasini yaratdi.
Şuningdek, qurilmada Wi-Fi va Bluetooth-moduli hamda iPhone’da ma'lumotlar uzatişni ta'minlaş uçun USB 2.0 porti örnatilgan.
Barça içki xususiyatlarni Li 3D printerida çop etilgan ğilofiga joylaştirdi. Ğilof iPhone’ga simlar orqali ulanadi.







