Kanada poytaxti Ottava markazida yirik yer öpirilişi sodir böldi. Mamlakat parlamentidan deyarli bir neça yuz metr uzoqlikda, Rido köçasi örtasida katta öra hosil böldi. Oqibatda suv quvuri yorilib, öra bir onda suv bilan töla boşladi. Köplab guvohlar köz öngida öra kattalaşişni boşlab, yon-atrofdagi avtomobillarni öz domiga torta boşlagan.
Yaqin oradagi uylar aholisi va dökonlarga taşrif buyurganlar zudlik bilan evakuatsiya qilinganlar.
Politsiya ma'lumotlariga köra, heç kim jabrlanmagan. Yer öpirilgan köçada bir neça oy davomida ta'mirlaş işlari olib borilayotgan bölgan, şuning uçun unda avtomobillar köp bölmagan, deb xabar bermoqda Ottawa Citizen naşri.
Hozir hudud örab olingan. Yaqin oradagi binolar suv va elektr ta'minotisiz qolmoqda.










