Saudiya Arabistoni 2020 yilga borib davlat sektoridagi mehnatga xaq tölaş jamğarmasi va subsidiyalarni qisqartiriş loyihasini ma'qulladi.
Duşanba kuni Podşohlik Vazirlar Mahkamasi “Istiqbol-2030” (Vision 2030) deb nomlangan milliy dasturni qabul qildi. Ma'lumki, aprel oyidayoq taxt vorisi, şahzoda Muhammad bin Salmon davlat tarmoğidagi oylik maoşlarga ajratiladigan harajatlarni 2020 yilga borib 40 foizga qisqartiriş taklifini ilgari surgan edi. Şahzoda Muhammad bin Salmon otasi podşoh etib tayinlanişi bilanoq, Iqtisod va Taraqqiyot Kengaşiga rahbarlik qila boşladi. Bu Kengaş ötkazilayotgan islohatlarni nazorat qilib boradi.
Kuzatuvçilarning fikriça, neftdan keladigan daromadlarning qisqarib ketişi tufayli şahzoda Muhammad bin Salmon zarur çora-tadbirlar körişga majbur böldi. U davlat sektorida yangi iş örinlari yaratiş yölida neftdan tuşadigan daromadlardan foydalangan avvalgi rahbarlarning yölidan bormaslikka qaror qildi. Şahzoda Muhammad bin Salmon Saudi Aramco kompaniyasining hissalarni sotişga va jahonda eng yirik bölgan Suveren jamğarma tuziş rejasini e'lon qildi. Şu tariqa xukumatning sahiyligiga nuqta qöyiladi.
Endilikda Saudiya Arabistoni fuqorolari xususiy sektordan iş qidirişga majbur böladi. Ayni damda davlat tarmoğida aholining uçdan bir qismi mehnat qiladi. Bu haqda Milliy dasturni taqdim qilgan Davlat xizmati masalalari böyiça vazir Xolid bin Abdulloh al-Aray ma'lum qildi. Uning fikriça, aholi hamon işonçli iş örni va uzoq muddatli ta'til beruvçi davlat sektorida işlaşni afzal köradi.
“Istiqbol-2030” loyihasiga köra, 2020 yilga borib Saudiya Arabistoni xususiy sektorida 450 mingta iş örni yaratilişi kerak. Şuningdek, bir qator tarmoqlar, jumladan, soğliqni saqlaş tizimi modernizatsiya qilinadi. Tabiiy gaz qazib oliş ikki barobar köpaytirilişi közda tutilgan. Podşohlik xotin-qizlar mehnatidan foydalanişni 23 foizdan 28 foizgaça köpaytirişni rejalaştirmoqda. Davlat sektorida işlovçi ayollar soni ham 39,8 foizdan 42 foizgaça köpaytiriladi. Kuzatuvçilarning fikriça, sönggi 10 yillikda Saudiya Arabistonida xotin-qizlar maqomi ança yuqoriga kötarildi. Xususiy sektorda yangi iş örinlarini yaratiş uçun Saudiya Arabistonining iqtisodiyoti qayta qurilişi kerak. Ayni şu iş amalga oşirilmoqda. Bu beş yil davom etadigan jarayon emas. Buning uçun yillar kerak böladi. Biroq jarayon boşlandi.
Bu dastur xalqaro hamjamiyatning e'tiboriga tuşdi. Dasturga köra podşohlik iqtisodiyoti tubdan qayta quriladi. Neftga qaramlikka barham beriladi. Ayni damda dasturning ayrim bandlari hayotga tatbiq etila boşlandi. Şarhlovçilar “bu kabi islohatlar neft narxining pasayib ketişini kutib turmay, allaqaçon boşlanişi kerak edi”, degan fikrlarni aytişmoqda. Ma'lumki, sönggi 18 oy davomida “qora oltin” narxining ikki barobar pasayib ketişi neft bozorida jiddiy özgarişlarga sabab böldi. Şu sababli ham podşohlik 2030 yilgaça bölgan muddatga möljallangan istiqbolli loyihani qabul qilar ekan, mamlakat iqtisodiy va moliyaviy taqdirini öz qöliga oldi.







