O‘zbekiston | 18:23 / 09.06.2016
34284
1 daqiqa o‘qiladi

Termizda havo haroratining issiqligi bo‘yicha rekord yangilandi

O‘zbekistonning janubiy qismidagi viloyatlarda havo harorati isishda davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati ma'muriy markazi hisoblangan Termiz shahrida 8 iyun kuni havo harorati +44 darajagacha isidi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» markazi.

Bu orqali 1995 yilning yozida qayd etilgan +43,4 darajali rekord yangilangan.

Bunday issiq harorat keyingi kunlarda ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

8 iyun kuni Toshkent shahrida +39-41 daraja issiq bo‘ldi. Eng issiq harorat Surxondaryodan tashqari Buxoro, Navoiy va Qashqadaryoda kuzatilmoqda. Bu viloyatlarda ham harorat +44 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.