Sönggi yillarda dunyo böylab kruiz (dengiz kemasida sayohat qiliş) turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bir kema bortida bir neçta mamlakat va şaharlarni köriş, beş yulduzli mehmonxona darajasidagi xizmat, xilma-xil ovqatlaniş, keçalik şou-dasturlar, spa-markazlar va oilaviy dam oliş imkoniyatlarining barçasi bir paketda jamlangan böladi - aynan şu sababli kruiz sayohatlari jahon böylab millionlab sayyohlarni öziga jalb qilmoqda.
Janubiy-Şarqiy Osiyoda bu yönaliş böyiça Malayziya sezilarli darajada rivojlanib bormoqda. Mamlakat özining qulay geografik joylaşuvi - Tayland, Vetnam, Xitoy va boşqa mintaqa davlatlariga yaqinligi tufayli kruiz kemalari uçun strategik markazga aylanmoqda.
Adora Mediterranea - yirik zamonaviy kruiz kemasi

Malayziyaning Port Klang portidan (Kuala-Lumpur yaqinida joylaşgan) endi «Adora Mediterranea» nomli yirik zamonaviy kruiz kemasi doimiy qatnovlar amalga oşirmoqda. Bu - Xitoyning Adora Cruises kompaniyasiga tegişli bölgan, haşamatli va zamonaviy loyihalaştirilgan yirik okean layneri.
Kema haqida asosiy ma’lumotlar
- Umumiy tonnaj: 85 619 GT
- Uzunligi: 292 metr
- Eni: 32 metr
- Kreyserlik tezligi: 22 uzel, maksimal tezligi: 24 uzel
- Yölovçilar siğimi: 2 680 kişigaça
- Palubalar soni: 12 ta
Kema içida yölovçilar uçun turli toifadagi kabinalar mavjud - içki (derazasiz) standart xonalardan tortib, to dengiz manzarali balankon (ayvonli) lyuks va Grand Suite darajasidagi xonalargaça. Har bir toifa öz navbatida Classic, Premium, Deluxe va Super Deluxe darajalariga bölinadi, bu esa har qanday byudjyet va ehtiyojga mos variant tanlaş imkonini beradi.
Kema bortidagi imkoniyatlar
Kruiz sayohatining asosiy jozibasi - bu şunçaki transport emas, balki bortning özi tölaqonli dam oliş makoniga aylanganligidadir:
🍽 Ovqatlaniş













