2026 yilning birinçi yarmida gaz qazib oliş hajmi 18,3 mlrd kub metrni taşkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan qariyb 3,6 mlrd kub metrga yoki 16,4 foizga, 2024 yilning mos davriga nisbatan esa 4,2 mlrd kub metrga yoki 18,6 foizga qisqargan. Bu haqda Milliy statistika qömitasining sanoat işlab çiqarişi böyiça hisobotida keltirib ötilgan.
Iyun oyida gaz qazib oliş hajmi 2,5 mlrd kub metrgaça kamaygan. Bu joriy yildagi eng minimal körsatkiç. Öz navbatida, qazib oliş hajmi ötgan yilning mos davriga (3,4 mlrd kub) nisbatan qariyb 25 foizgaça qisqargan. Ma’sul idoralar bunga nima sabab bölgani haqida tuşuntiriş bermagan.
2026 yilning birinçi yarmida oylar kesimida gaz qazib oliş körsatkiçlari:
- Yanvar - 3,7 mlrd kub;
- Fevral - 3,2 mlrd kub;
- Mart - 2,7 mlrd kub;
- Aprel - 3 mlrd kub;
- May - 3,2 mlrd kub;
- Iyun - 2,5 mlrd kub.
Har qanday mamlakat, şu jumladan Özbekiston uçun ham tabiiy gaz resurslari strategik ahamiyatga ega. Bu mamlakat iqtisodiyoti, energetik xavfsizligi va taşqi savdo balansiga juda katta ta’sir körsatadi. Oxirgi yillarda gaz qazib oliş dinamikasi quyidagiça özgardi:

Söngi prognozlarga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilyapti. Keyingi 4 yil davomida gaz qazib oliş körsatkiçlari quyidagiça özgarişi mumkin:
- 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz);
- 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz);
- 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz);
- 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz).
Qolgan energetika mahsulotlari bilan boğliq vaziyat qanday?
Hisobot davrida neft qazib oliş 323,9 ming tonnadan 313,8 ming tonnaga (-3,1 foiz), gaz kondensati işlab çiqariş 575,2 ming tonnadan 462,1 ming tonnaga (-19,6 foiz), kömir qazib oliş 3 mln tonnadan 2,5 mln tonnaga (-16,6 foiz) qisqargan.




















