Uels terma jamoasi boş murabbiyi Kris Koulmen mutaxassislarning qöllaridagi iş qoğozlari va sumkalarni suratga tuşirişni xuş köruvçi jurnalistlarning "boplab ta'zirini beriş"ga qaror qildi.
U maşğulot vaqtida qölida sxemalar çizilgan qoğozlarni namoyişkorona kötarib yurdi. Uning bu tuzoğiga tuşgan jurnalistlar olgan suratda esa sxemalarda Pele, Maradona, Benks, Kafu, Karlos Alberto, Bekkenbauer, Mur, Best, Sokrates, Çarlton, Ziko kabi futbolçilardan tuzilgan tarkib aks etgandi.

Qayd etiş kerakki, bundan oldinroq The Telegraph naşri Angliya terma jamoasi boş murabbiyi yordamçisi Rey Levingtonning ehtiyotkorsizligi tufayli "şerlar"ning Rossiyaga qarşi rejasi oşkor bölib qolgani haqidagi ma'lumotni tarqatgandi va bu vaziyat Koulmenni "ilhomlantirgan" va şunday hazilni öylab topgan.







