Meksikadagi jonivorlar qöriqxonasida gigant pantera öşa yerda orqasini ögirib turgan kişining ortidan sekin kelib hujum qilgani tuşirilgan video barçani hayratga solişi şubhasiz. 

Meksikalik kişi osonlik bilan devorga sakrab çiqib pantera bilan ispan tilida "quvnoq suhbat" olib bordi -  yuzlab funt silliq muşaklar, tirnoqlar va tişlar unga qaratilgan.

Erkak xuddi katta muşuk kabi sakrab, özining "farzandlaridan biri" hisoblangan jonivor bilan kulib öynay boşladi. Oxiri pantera yuzini kişining yuziga tekkizib katta tişlarini körsatib oğzini oçadi.

Videodagi erkak - Eduardo Serio ulkan muşukni quvlab, ötlarning ustida yurgan pantera bilan öynaydi.

Keyin u pastdan turib, jonivorning burnini öpib qöyadi. 

Şunisi ajablanarliki, u qayta-qayta öpavergani sari pantera u kişining yuzini yalab qöyadi, şundan bilsa böladiki, pantera unga heç qaçon jiddiy xavf solmagan.

Eduardo unga döstona qöl taşlab, ötning ustiga ötirişini kuzatib turadi. 

Panteraning ismi Kal-El bölib, uning tuğilganda berilgan ismi Supermen. 

Serio qarovsiz qolgan katta muşuklar haqida qayğuruvçi The Black Jaguar -White Tiger Foundation taşkilotida işlaydi va ularning huquqini himoya qiliş uçun kuraşadi.

Hozirgi paytda Serioning "bolalari" yuzlab şer, yölbars va silovsinlardan iborat bölib, ular yaşaydigan qöriqxona hududi 30 akr maydonni egallaydi.