Angliya çempionatida barçani lol qoldirgan “Lester” jamoasi hujumçisi Jyeymi Vardi Angliya terma jamoasida öz ertagini bu safar ham davom ettira oladimi? Mutaxassislar şu masala xususida izlanişmoqda.

Hujumdagi raqobat
"Lester"da Jyeymi Vardi va Şinjo Okazaki juftligi 27 uçraşuvda birga harakat qilgan. 5ta golga mualliflik qilgan Okazaki 25ta öyinda almaştirilgan. Vardiga yordam beriş bilan band qilingan bu yaponiyalik futbolçi vaqtning katta qismini maydon markazida ötkazdi, raqiblar hujumlarini töxtatiş va hujumdagi birinçi pasni beriş bilan şuğullandi.

Angliya terma jamoasi boş murabbiyi Roy Hojson Niderlandiya va Portugaliya bilan keçgan örtoqlik öyinlarida Vardini Harri Keyn bilan birga qöydi. Turkiya bilan öyinda esa oldingi çiziqda bu hujumçilarga Rahim Sterling ham qöşildi. Hujumni Ueyn Runi qöllab-quvvatlab turdi.

Angliya terma jamoasining oldingi çiziği "golga çanqoq" futbolçilardan tarkib topgan. Vardini terma jamoada Okazaki kabi ortdan qöllab-quvvatlab, uning xatolarini yopib turuvçi futbolçi kerak böladi. Saralaş öyinlari şuni körsatdiki, oğir vaziyatlarda Runi mas'uliyatni zimmasiga olib, hujumga qöşildi - u hamişa orqa çiziqda qola olmaydi. Masalan, Sloveniya bilan öyinda (3:2). Terma jamoada Vardini orqadan qöllab turadigan futbolçilar örniga u bilan raqobatlaşadigan futbolçilar yiğilgan. Runi esa terma jamoasi faxriysi va u ança xudbin. "Lester"da esa Jyeymi - qirol, uning "aytgani aytgan, degani degan" edi.

Vardi terma jamoada 3ta gol urdi, şundan faqat bittasi, Germaniyaga qarşi öyinda tezkor qarşi hujumda (uning "Lester"dagi sevimli uslubi - tahr) yuz berdi. Qolgan ikki gol raqib jarima maydonçasida töğri pozitsiya tanlaş evaziga urilgan. Angliyada qanotlarda yuqori saviyali futbolçilar yiğilgan, ular yarim himoya çiziği bilan samarali hamkorlik qilişadi, ammo faqat qanotlardan öynab bölmaydi. Kimdir bu örinda vositaçilikni zimmasiga olib, markaziy hujumçi uçun böş hudud hosil qilinişi uçun harakat qilişi kerak. Buni Keyn Vardi uçun qiladimi yoki Vardi Keyn uçunmi? Vardi jamoa natijasi birinçi örinda turişi haqida gapirsa, heç kim işonmaydi, har qanday hujumçi faqat gol uriş haqida orzu qiladi.