Bugun, 10 iyunda Fransiyada boşlanadigan futbol böyiça Yevropa çempionati Xalqaro futbol uyuşmalari kengaşi (IFAB) tomonidan qabul qilingan, futbol qoidalariga yangi özgarişlar qöllanadigan birinçi musobaqa böladi.  

Özgarişlar 2016 yil 1 iyundan kuçga kirdi. Endi öyin boşlanişiga huştak çalingandan keyin töpni nafaqat oldinga, balki istalgan yönalişda tepiş mumkin. 

Jarohat olgan öyinçi qoidabuzarlik uçun sariq yoki qizil kartoçka bilan jazolangan futbolçi bilan töqnaşganda maydon taşqarisida emas, balki maydonning özida tezkor tibbiy yordam olişi mumkin.  

Yevro-2016’da "uç karra jazolaş" qoidasining özgartirilgan variantini sinaş böyiça 2 yillik sinov muddati kiritiladi. Avval bu qoidaga köra, öz jarima maydonçasida oxirgi umid qoidabuzarligiga yöl qöygan öyinçiga jazo tariqasida penalti, qizil kartoçka va çetlatiş közda tutilgandi. Endilikda hakamlar bu qoidabuzarlik uçun qizil kartoçka emas, balki sariq kartoçka körsatiş bilan kifoyalanişadi. 

Şuningdek, uşbu musobaqada birinçi marta darvozalarga töp kiritilişini aniqlaş texnologiyasi qöllanadi. Unga köra, kompyuter tizimi va boş hakamning qöşimça yordamçilari gol kirgan-kirmaganini aniqlaş uçun birgalikda işlaydilar.