Yevropa çempionatining ilk uçraşuvi A guruhi vakillari, turnir mezboni Fransiya hamda Şarqiy Yevropa vakili Ruminiya terma jamoalari örtasida keçadi. Bu uçraşuv Parij yaqinida, Sen-Deni hududidagi "Stad de Frans" öyingohida, Toşkent vaqti bilan 11 iyunga ötar keçasi soat 00:00da boşlanadi.

Turnirning tantanali oçiliş marosimi 14 daqiqa davom etadi. Bu haqda şou taşkilotçisi, Filmmaster Events firmasi menejyeri Andrea Françizi ma'lum qilgan.

Marosimga 550 kişi jalb etilgan. Ulardan 5 nafari professional aktyorlar. Qolganlar esa Parijda istiqomat qiluvçilardan tarkib topgan volontyorlar guruhi. Marosimdagi asosiy yulduz Devit Getta böladi. U şvetsiyalik qöşiqçi Zara Larsson bilan birga Yevro-2016 turniri madhiyasini ijro etadi.

Fransiya termasi Ruminiyadan 8 barobar "qimmat"
Fransiya terma jamoasi safidagi 23 futbolçining umumiy transfer qiymati transfermarkt.de sayti ma'lumotiga köra, 454 mln dollarni taşkil etadi. Ruminiya futbolçilarining jami narxi esa - 55,95 mln dollar. Fransiya terma jamoasi nafaqat uşbu qarama-qarşilikda, balki turnirda ham asosiy favorit sanaladi. Holbuki, fransuzlar turnir arafasida bir neça jiddiy yöqotişlarga uçradi: Rafael Varan va Lassana Diarra jarohat tufayli turnirdan çetda qoldi, Karim Benzema va Matyo Valbuena esa maişiy mojarolar tufayli boş murabbiy tomonidan tarkibga kiritilmadi.

Frantsuzlar jamoasi mudofaasi turnirdagi eng tajribali "himoya qörğoni" hisoblanadi. Yarim himoya çiziği esa butkul yoş futbolçilardan tarkib topgan. 2015-16 yilgi mavsumda Antuan Grizmann, Pol Pogba, Dmitri Payye va Ngolo Kante öz jamoalarida juda yorqin öyinlar körsatişdi. Ularning har biri alohida e'tibor qaratişga arziydi.

Ruminiya terma jamoasi esa "sirli toyçoq". Avvalgi davrlardan farqli ölaroq hozirda Ruminiya terma jamoasi safida Yevropaning yetakçi jamoalarida töp suradigan legionerlar deyarli yöq. 23 futbolçidan 4 nafarigina xorijda öynaydi. Ruminiyaliklar jamoasi sardori, 35 yoşli Rezvan Rats Ispaniyaning quyi ligasiga tuşib ketgan jamoasi "Rayo Valekano" himoyaçisi hisoblanadi. U terma jamoada 111 uçraşuv ötkazgan.

Statistika Ruminiya foydasiga emas
Fransiya va Ruminiya terma jamoalarining keyingi 5ta özaro uçraşuvida durang qayd etilgan, yana bir uçraşuvda fransuzlar ğalaba qilgan. "Stad de Frans" öyingohida bu jamoalar faqat bir marta öynaşgan - 2009 yilning sentabrida bölib ötgan uçraşuvda tomonlar 1:1 hisobini qayd etişgan. Yevropa çempionatida bu terma jamoalar 2 marta töqnaşgan, 1996 yilgi uçraşuvda fransuzlar 1:0 hisobidagi ğalaba qozongan, 2008 yilgi uçraşuvda hisob oçilmay qolgan - 0:0. Qayd etiş kerakki, 1996 yilgi uçraşuvda öynagan fransuz Dide Deşam va rumin Angel Yordanesku ayni vaqtda öz terma jamoalarida boş murabbiy sifatida faoliyat körsatmoqda.