2016 yilgi Yevropa çempionati UYeFA homiyligi ostida ötgan barça turnirlar orasida eng serdaromadlisi böladi. Bu haqda Bloomberg agentligiga asoslanib Tribuna.uz xabar tarqatgan.
Agentlikning baholaşiça, taşkilot turnirni ötkaziş evaziga 2 milliard yevro daromad köradi. Yevro-2012 orqali UYeFA 1,4 milliard yevro işlab olgandi. Daromad miqdorining keskin darajada ortişiga turnir iştirokçilari soni 16tadan 24taga yetgani sabab bölgan.
Öyinlarning teletranslyatsiyalari namoyişi huquqi sotilişi evaziga UYeFA 1,05 milliard yevro daromad qilgan, bu esa 4 yil avvaligadan 25 foizga köproq. Homiylik tölovlari miqdori esa 40 foizga ortgan va 450 million yevroni taşkil qilgan. Daromadning qolgan qismi esa çiptalar sotuvi orqali kelişi nazarda tutilgan.
Taqqoslaş uçun, Amerika Kubogi-2016 turniri öyinlari teletranslyatsiyasi sotilişi evaziga 112 million dollar daromad körilgan. Yevropa çempionatining 10 iyul kuni bölib ötadigan final bahsi auditoriyasi 300 million kişini taşkil qilişi kutilmoqda.
Bundan taşqari, turnir öyinlari uçun 2,5 million çipta sotilgan, bu 4 yil oldin Polşa va Ukrainada ötkazilgan turnirda bu miqdor 1,5 million edi.







