Şveytsariyalik tennisçi Rojyer Federer rossiyalik tennisçi Mariya Şarapovaning meldoniy iste'mol qilgani uçun 2 yilga diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berib, dopingga nisbatan umuman toqat qilmaslik siyosatiga amal qilişini ta'kidlab ötdi.
"Şarapova istalgan odam kabi özini himoya qilişga haqli. Biroq men toqat qilmaslik siyosatiga amal qilaman. Nima qabul qilayotganingga töliq işonçing bölişi va uning oqibatlarini bilişing kerak. Aks holda jazoga tortilişing lozim. 10, 15 yoki 20 yillik qon tahlillari namunalarini qoidabuzarlarni nazorat qiliş uçun saqlab qöyiş kerak", deb aytdi Federer.
Mart oyi boşida Şarapova matbuot-anjumanida uning Australian Open musobaqasida meldoniyga topşirgan doping-namunasi ijobiy çiqqanini ma'lum qilgan. Xalqaro tennis federatsiyasi sportçini 12 martdan musobaqalardan çetlatgan.
Meldoniy 2016 yil 1 yanvardan taqiqlangan dori vositalari röyxatiga kiritilgan.







