Taksi onlayn buyurtmasi böyiça xizmatlarni taqdim etuvçi Uber kompaniyasi Fransiyada 800 ming yevro miqdorida jamrimaga tortildi. Bu haqda Parij sudi ma'lumotlari asosida AFP agentligi xabar bermoqda.

Şu bilan birga, bir vaqtning özida kompaniyaning Fransiyadagi boşqarmasi boşliği Tibo Samfal va kompaniyaning Ğarbiy Yevropadagi bölinmasi boşliği Per-Dimitriy Gor-Kotilar ham jarimaga tortilişgan. Ularning har biriga 20 ming yevro va birgalikda 30 ming yevro miqdorida jarima belgilangan. Sud litsenziyasiz holatda yölovçi taşiş bilan şuğullangan noma'lum UberPop dasturini ham aniqlagan.

Uber yil boşida Fransiyada 1,2 mln yevro miqdorida jarimaga tortilgan edi. Öşanda Fransiyadagi taksi taşkilotlari Amerika kompaniyasini narxlarni pasaytirişda va nosoğlom raqobatni keltirib çiqarişda ayblab, ularga qarşi da'vo kiritgan edi.