2017 yil 7-8 iyul kunlari Germaniya Gamburg şahri G20 sammitiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilgan GFR hukumati rasmiy vakili Şteffen Zaybert.

"Sammit 7-8 iyul kunlari Gamburgda bölib ötadi", —degan Zaybert jurnalistlarga. 

Xalqaro anjuman Hamburg Messe körgazmalar markazida bölib ötişi kutilmoqda. Ma'lumki, 2017 yilda G20 raisligi Germaniyaga ötadi. 

"Katta yigirmalik" guruhi - global iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qiliş uçun taşkil etilgan forumdir. G20 guruhi tarkibiga jahonning taraqqiy etgan va etayotgan eng yirik 20ta davlati kiradi. Jahon YaIMning 85 foizi ularning hissasiga töğri keladi.