Space X kompaniyasi asosçisi Ilon Mask AQŞ mudofaa vaziri Eşton Karter bilan maxfiy uçraşuv ötkazdi. Ular nima haqida suhbatlaşganlari noma'lum, deb xabar bermoqda CNN.

Ta'kidlanişiça, Mask ham, Karter ham 8 iyunda bölib ötgan yiğilişdan keyin matbuot vakillari oldiga çiqişmagan. Biroq Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk Karter "oxirgi mahal texnologik hamjamiyatning ba'zi vakillari bilan ularning ğoyalari va innovatsiyalar dunyosida nima keçayotganini biliş maqsadida aloqaga çiqmoqda".  

Jurnalistlar Mask hukumat bilan yangi şartnomalar imzolaş imkoniyatini muhokama qilgan bölişi mumkinligiga yöl qöyişmoqda. Uning SpaceX kompaniyasi koinotga Pentagon sun'iy yöldoşlarini uçiriş bilan boğliq buyurtmalarni olişga harakat qilib keladi.

Oxirgi yillarda Karter xay-tek sohasida mudofaa vazirligi hamda xususiy biznes örtasida aloqa örnatgan. U bir neça bor Kremniy vodiysiga taşrif buyurgan, 2015 yil avgustdan harbiylar va texnologik kompaniyalar örtasida tajriba almaşiş uçun ikkita maxsus Innovation Unit Experimental markaziga asos solgan.  

Mask SpaceX (raketa va koinot kemalari işlab çiqaradi) va Tesla Motors (elektromobillar yaratadi) kompaniyalari asosçisi hisoblanadi.