Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal Uimbldon turnirini ötkazib yuboradi. Bu haqida sportçining özi Facebook'dagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
"Şifokorlarim bilan maslahatlaşib hamda tibbiy tekşiruv natijalarini körib çiqib, sizlarga afsus bilan şuni ma'lum qilamanki, men bu yil Uimbldonda öynay olmayman. Tuşunib turganingizdek, bu qarorga keliş oson bölmadi, biroq "Rolan Garros"da olgan jarohatimni tuzatiş uçun vaqt kerak böladi", - deb yozadi ispaniyalik 30 yoşli tennisçisi.
Nadal bilak sohasidan olgan jarohati tufayli 27 may kuni Fransiya oçiq çempionatida qatnaşa olmasligini bildirgan edi.
Rafael Nadal Uimbldonda ikki marta - 2008 va 2010 yillarda ğalaba qilgan.
2016 yilgi turnir 27 iyundan 10 iyulga qadar bölib ötadi.







