Argentinada Russia Today telekanali efirga uzatilişi töxtatiladi, deb ma'lum qilindi telekanal saytida.

Telekanalning televizion yangiliklari körsatuvlarini töxtatişga Argentina radio va teleuzatiş boşqarmasi qaror qildi. Hujjat 60 kundan keyin kuçga kiradi.

"Ayni vaqtdan boşlab kelajakda hamkorlik qiliş haqidagi kelişuvni tuziş imkoni qaralmaydi", deyilmoqda hujjatda.

Ta'kidlanişiça, telekanal efirga uzatilişi davlatning bepul teletarmoği içida töxtatilmoqda. Kabel televideniyesi orqali RT efirga uzatilişi davom etaveradi.

RT telekanalining ispan tilida Argentinada kunböyi efirga uzatilişiga 2014 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Argentinaning öşandagi prezidenti Kristina Kirşner start berişgandi.

Ta'kidlanişiça, ispan tilidagi RT’ning Argentina davlat teletarmoğiga kiritilişi xorijiy telekanal bunday imkoniyatni olgan birinçi holat böldi. Telekanal mamlakat aholisining 80 foizdan köproğiga uzatiladi.

Telekanalning Argentinada kunböyi efirga uzatilişi oliy darajadagi Rossiya-Argentina muzokaralari natijalariga köra ommaviy kommunakatsiyalar sohasida hamkorlik haqidagi kelişuvning imzolanişi tufayli mumkin böldi.

Ötgan yili Argentinada hokimiyat özgardi. Argentinaning söl siyosiy qanoti vakili Kirşner ikkita prezidentlik muddatini ötab bölgaç, lavozimidan ketdi. Noyabrda saylovlarda öng muxolifat nomzodi Maurisio Makri Argentinaning yangi prezidenti etib saylandi.