Futbol böyiça Yevropa çempionatini ommaviy tomoşa qiliş uçun Parijdagi Eyfel minorasidan uzoq bölmagan yerda katta fan-zona oçildi. Morsovo boğining 130 000 kvadrat metrli hududini qamrab olgan maydon 92 000 muxlisni siğdira oladi. 

Yevro-2016 öyinlarining ilk uçraşuvi boşlanişidan avval fan-zonada taniqli fransuz dijyeyi Devid Gettaning konserti bölib ötmoqda. Dijyey Yevro-2016 madhiyasini ham kuylab ötdi. 

Bepul konsert maydoniga kirişdan avval tomoşabinlar xavfsizlik hizmati tomonidan qattiq nazoratdan ötişdi. Fan-zonaga xususiy qöriqlaş kompaniyalarining 400ga yaqin xodimlari jalb qilindi.