Google'dagi "uç qora tanli ösmir" va "uç oq tanli ösmir" qidiruv natijalari bir-biridan tubdan farq qiluvçi natijalarni körsatadi. 

Google'ga "uç qora tanli ösmir" sörovi kiritilganda, u politsiya mahkamasida suratga tuşirilgan yoş qora tanli jinoyatçilarning fotosuratlarini körsatadi, "uç oq tanli ösmir" söroviga javoban esa qidiruv tarmoği hayotdan mamnun yoş yigit va qizlarning suratlarini taqdim etadi. USA Today ma'lum qiladi.

Virjiniyadagi Clover Hill High School öquv dargohining 18 yoşli bitiruvçisi Kabir Ali 7 iyun kuni Twitter'da "uç qora tanli ösmir" va "uç oq tanli ösmir" söroviga javoban körsatilgan suratlarni videorolik körinişida namoyiş qildi.   

"Aslida men bu qidiruv natijalari haqida bir döstimdan eşitgan edim va şunçaki özim uçun tekşirib körmoqçi böldim. Töğrisini aytsam, döstimning sözlari haqiqat ekanligiga unçalik işonmagandim", - dedi Ali USA Today'ga bergan ma'lumotida. 

"Natijalarni öz közim bilan körganimda hayratga tuşdim".

Uşbu post Twitter'da  bir kunda 46 ming layk yiğib, 50 mingdan ortiq retvitga ega böldi. 

Videorolikni körgandan keyin qidiruv tarmoği öz faoliyatida irqçilikka yöl qöyayotgandek tasavvur paydo böladi. 

Twitter'ning ba'zi foydalanuvçilari buni körib ğazablanişdi, @iBeKabir posti ostidagi izohlarda bunday stereotiplarning notöğri ekanligi aytib fikr bildirişdi.

Şuningdek, bu vaziyatda kulişni ham, yiğlaşni ham bilmayotganliklarini yozganlar bölgan. 

Google bu holatga javoban uning qidiruv xizmatidagi sörov natijalari internetdagi bor ma'lumotdan, şu jumladan ularning internetga yuklaniş tartibidan kelib çiqib körsatilişini ma'lum qilgan. 

"Bu natijalar Google kompaniyasining şaxsiy fikridan kelib çiqib körsatilmaydi - biz ğoyalar va madaniyatlar xilma-xilligini juda qadrlaymiz", - deyilgan javob xatida. 

Köpçilik şarhlovçilar bu yerda Google kompaniyasining aybi yöqligini tasdiqlaşdi.