4 iyunda 75 yoşida olamdan köz yumgan afsonaviy boksçi Muhammad Alining tobuti u ösib-ulğaygan ona şahri Luisvill köçalari böylab olib ötildi. Alining tobutini boksçilar Mayk Tayson va Lennoks Lyuis, aktyor Uill Smit (boksçi haqidagi "Ali" filmida uning rolini ijro etgan), farzandlari olib ötdilar. Dafn marosimida, şuningdek, Alining butun oilasi: 9 farzandi, uning hozirgi va ikki nafar sobiq rafiqalari ham iştirok etdilar. 17 ta maşinadan iborat kortej boksçining yoşligi ötgan uydan qabristongaça boks bilan şuğullangan maşğulot zali, Muhammad Ali muzeyi, Muhammad Ali xiyoboni orqali 19 mil masofani bosib ötdi.
Dafn marosimida 15 ming kişi iştirok etdi. Sportçining qabr toşiga qisqaça "Ali" degan yozuv öyib tuşirildi.
Muhammad Ali 4 iyunda 75 yoşida vafot etdi. Sportçi 1984 yildan beri Parkinson kasalligidan aziyat çekib kelardi. Ali tarixdagi eng maşhur professional boksçilardan biri, 1960 yilgi Olimpiada ğolibi, öta oğir vaznda mutlaq jahon çempioni (1964–1966, 1974–1978), "Yil boksçisi" unvonining 5 karra sohibi va "Ön yillik boksçisi" unvoni sohibi hisoblanadi. 1999 yilda "Asr sportçisi" deb tan olingan. Ali öz faoliyati davomida 61 ta jang ötkazib, undan 56 tasida ğalaba qozongan, 5 tasida mağlubiyatga uçragan.













