Ukrainaning sobiq harbiy xizmatçisi, Oliy rada deputati Nadejda Savçenkoning sözlariga köra, Ukraina hukumati tartibsiz bölib, mamlakat fuqarolarining işonçini oqlay olmagan. U şuningdek, Ukrainada navbatdan taşqari parlament saylovlari bölib ötişiga umid qilmoqda. Savçenko Associated Press agentligiga bergan intervyusida şunday fikrlarni bildirgan.

"Hozirgi adolatsiz hukumat qança köp tursa, u bizni şunçalik jarlikka tortadi, - deya uning sözlarini keltiradi agentlik. -"Maydan"dan söng odamlar unga işongan edi, ular hozirgi hukumatdan katta umid qilişgandi, ammo afsuski, hukumat bu işonçni oqlamadi". 

Deputat şuningdek, navbatdan taşqari parlament saylovlari ötkaziş maqsadga muvofiq bölişini bildirgan bölsa-da, uning muddati borasida aniq fikrlarni ilgari surmagan. 

Şu bilan birga, deputat özining prezident böliş imkoniyatini ham inkor etmagan. 

Savçenko Ukraina şarqidagi vaziyatga töxtalar ekan, rasmiy Kiyev va Lugansk va Donetsk xalq respublikalari bilan muzokaralar ötkazilmasa, Ukraina yerida tinçlik bölmaydi, degan fikrlarni aytgan.