Quyoş batareyalaridan oladigan quvvat yordamida parvoz qiladigan Solar Impulse 2 samolyoti özining dunyo böylab sayohati doirasida Pensilvaniya ştatidan uçib ötib, Nyu-Yorkka muvaffaqiyatli qöndi,
Samolet Ozodlik haykali ustidan aylanib, Jon Kennedi aeroportiga qöngan. Bu Solar Impulse 2 ning Atlantika okeani ustidan parvozga otlanişidan avval, AQŞda amalga oşirgan sönggi qönişidir.
Solar Impulse 2 2014 yil 2 aprelida rasman namoyiş qilingan edi. Uning oğirligi 2,3 tonna bölib, qanoti 72 metrni taşkil etadi. Havo layneriga 17,2 ming dona quyoş batareyalari örnatilgan. Uning maksimal tezligi soatiga 140 kilometrni taşkil etadi.







