Yevropa çempionati doirasida A guruhining ikkinçi uçraşuvi Şveytsariya va Albaniya örtasida keçdi.

Lansdagi bu öyin şveysariyaliklarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Öyin taqdirini 5-daqiqada urilgan gol hal qildi. Burçakdan yetkazilgan uzatmaga çiqiş çoğida albanlar darvozaboni Berişa xatoga yöl qöydi. Şveytsariyalik Fabian Şer boş bilan böş qolgan darvozani işğol qildi. 

 37-daqiqadan boşlab albaniyaliklar bir kişi bölib öynaşga majbur böldilar. Lorik Tsana öz jarima maydonçasi oldida yiqilgan holatda töpni boş bilan qaytarişga harakat qildi, ammo yeta olmadi. Natijada qöl bilan uni qaytarişga majbur böldi,aks holda şveysariyalik futbolçi birga bir vaziyatga çiqib ketardi. Bu Albaniya sardorining ikkinçi sariq kartoçkasi böldi. 

Ikkinçi bölimda tomonlar ehtiyotkorona futbol namoyiş etişdi va öyinda hisob özgarmadi.

Albaniya – Şveytsariya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 5 Şer.
Albaniya – Berişa, Mavray, Tsana, Agoli, Lenyani, Djaka (Kaçe, 62), Kukeli, Roşi (Tsikaleşi, 74), Abraşi, Xyusay, Sadiku (Gaşi, 82).
Şveytsariya – Zommer, Şer, Rodriges, Lixtştayner, Djuru, Şakiri (Fernandes, 88), Djaka, Bexrami, Djyemaili (Fray, 76), Mexmedi (Embolo, 62), Seferoviç.
Ogohlantirişlar: Şer (13), Tsana (23), Kaçe (63), Bexrami (67), Kukeli (89), Mavray (90).
Çetlatiş: Tsana (37).