Bugun Yevropa çempionatining guruh bosqiçidagi 1-tur uçraşuvlari doirasida D guruhi vakillari Turkiya va Xorvatiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bölib ötadi.

Uçraşuv Parijdagi «Park de Prens» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 18:00da boşlanişi belgilangan.

Uçraşuv hakami etib şvetsiyalik Yonas Erikson tayinlangan.

8 yil oldin Xorvatiya va Turkiya Yevropa çempionatlari tarixidagi eng esda qolarli uçraşuvlardan birini taqdim etgandi. Öşanda öyin yakuniga sanoqli daqiqalar qolayotganida xorvatlar oldinda borişgan, lekin turklar mö'jiza körsatib, öyinni penaltilar seriyasigaça olib borgan va Slaven Biliç şogirdlarini "futbol lotereyasi"da mağlubiyatga uçratişgandi.

Öşa yili xorvatlar yaxşi jamoa tuzişgan bölsada, hali Modriç va Rakitiç yoş edi va özlarining yuqori sport formalariga çiqişmagandi. Fransiyadagi çempionatga keyingi yillarda Ispaniya çempionatidagi eng yorqin futbolçilarga aylangan Modriç va Rakitiç Ante Çaçiç boşçiligida terma jamoa yetakçilari sifatida keldi va ularda turklardan qasos oliş imkoni bor.

Xorvatiya termasi Yevropa çempionatida 14 öyin ötkazib, 6 ğalaba, 4 durang va 4 mağlubiyat qayd etgan. Töplar nisbati 18:16. 

Turklar saralaş bosqiçining dastlabki 3ta turida atigi 1 oçko töplaşgandi. Ammo ular mardonavor öyinlar körsatişni boşlaşdi va navbatdagi mö'zijani körsatib, bosqiç yakunida yöllanmaga ega bölişdi. Turkiya termasi Yevropa çempionatida 12 öyin ötkazib, 3 ğalaba, 2 durang va 7 mağlubiyat qayd etgan. Töplar nisbati 11:18.

Jamoa yetakçilari sifatida Arda Turon va Hoqon Çalxanöğlini keltiriş mumkin. Fotih Terim şogirdlari himoyaviy öyin körsatişi kutilmoqda.

Uşbu jamoalar şu kunga qadar 6 marta töqnaş kelişgan. Öyinlarning 2 tasida xorvatlar ğalaba qozonişgan bölsa, qolgan 4 bellaşuvda durang natijasi qayd etilgan. Töplar nisbati xorvatlar foydasiga 8:4.

FIFA reytingida Turkiya 18, Xorvatiya 27-örinda bormoqda.

UYeFA rasmiy saytida murabbiylar maydonga tuşirişi mumkin bölgan taxminiy tarkib keltirilgan.