Navbahor Mirzo Uluğbek istirohat boğida tanişi Olloberganni körib qoldi. Keyin birorta joy topib, birga dam olişni rejalaştirişdi. “Taniş-bilişlaring bormi özi? Heç bölmaganda bir soatga joy kerak böladi”, dedi unga Ollobergan.
“Pul bölsa çangalda şörva, deydilar. Puling bölsa joy topiladi. Bir yarim oy oldin bir taksistdan sörab-suriştirib vaqtinça joy berib turadigan ayolning raqamini olgandim. Hozir öşa ayol bilan gaplaşaman”, deya Navbahor Mufassalga qönğiroq qildi. Undan bir soatga tanişi bilan dam olişiga joy kerakligini tuşuntirdi.
Öşa damda Mufassal ham pulga zoriqib yurganligi uçun öylab ham ötirmasdan “Bir soatga 40.000 söm böladi”, deb aytdi. Navbahor uning aytgan narxiga rozi bölib, Ollobergan bilan ayolnikiga yöl olişdi.
Mufassal ularni kutib olib, dam olişlari uçun oşxonada şaroit yaratib berdi. Navbahor buning evaziga Mufassalga aytilgan 40.000 sömni berdi. Ayol boşqa xonaga çiqib ketdi.
Öşa kuni fuqarolik kiyimidagi IIB xodimlari köp qavatli qavatli uyga kirib çiqayotganlarni kuzatib turganligi uçun şubhalangan xonadonning eşigini taqillatişdi.
Eşikni Mufassal oçib, begona kişilarni körib ajablandi. IIB xodimlari hujjatlarini körsatib, uyda kimlar borligini söraşayotganligida tösatdan Navbahor va Olloberganga közlari tuşişdi. Ulardan bu yerda nima qilişayotganligini söraşdi. Navbahor uyalmasdan dam olgani kelganligini, bir soat uçun Mufassalga 40.000 söm berganligini aytdi. Ayol pul zarur bölib qolganligi uçun şu işni qilganligini böyniga oldi.
IIB xodimlari ikkita xolis iştirokida Mufassaldan 40.000 sömni dalolatnoma asosida hujjatlaştirib olişdi.
Mufassal uçta farzandini uyidan fohişaxona oçib boqsa, deya hayratdan yoqangni uşlaysan. Axir oyni etak bilan yaşirib bölmaydi-da. Şunday qilib sud Mufassal Abdujamolovaga eng kam oylik iş haqining 25 baravari, ya'ni 2.960.000 söm miqdorida jarima jazosi tayinladi. Mufassal qöni qöşnilari va yaqinlari oldida isnodga qoldi.
Xonbibi XIMMAT kizi.







