Özbekistondan noqonuniy ravişda olib çiqib ketilayotgan vaqtda qaytarilgan 250dan ortiq toşbaqa Toşkent viloyatidagi Qurama tizmasi etagida "yangi uy"ga ega böldi, deb yozmoqda "Gazeta.uz".

Toşbaqalarni öz tabiiy muhitlariga qaytariş tadbiri ötgan juma kuni - 10 iyunda bölib ötdi, unda hayvonot va ösimlik dunyosini qöriqlaş va ulardan oqilona foydalaniş böyiça Respublika davlat inspeksiyasi va Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi mutaxassislari iştirok etişdi. 

Mart-aprel oylarida ötkazilgan operativ faoliyat doirasida 2949ta toşbaqa olib qöyilgan, ular vaqtinçalik yovvoyi hayvonlarni boqiş va köpaytiriş bilan şuğullanuvçi Global Master Group qöriqxonasiga topşirilgan edi. 

Toşbaqalarni çiqariş missiyasi keçki payt amalga oşirildi, çunki şu payt havo harorati jonivorlar faolligining optimal darajasiga tuşadi. Örta Osiyo toşbaqalari kiçik guruhlarga bölinib, Qurama tizimi atrofidagi hududlarga qöyib yuborildi. Davlat tabiat qömitasining axborot xizmatidan ma'lum qilişlariça, ularning hayotini xavf ostiga qöymaslik hamda ular köpayişi uçun şaroit yaratişda raqobatni kuçaytirmaslik uçun şunday yöl tutildi.
Örta Osiyo toşbaqasi (Agrionemys (Testudo) horsfieldii) - sahrodagi hayvonot dunyosi vakili. Yaşaş joyidan kelib çiqib unga şunday nom berilgan. U Qirğiziston, Özbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Şimoli-şarqiy Eron, Afğoniston, Suriya, Livan, Hindiston va Pokistonning şimoli-ğarbiy hududlarida uçraydi. 

Örta Osiyo toşbaqasi Özbekistonning Qizil kitobiga kiritilmagan bölsa-da, u köp mamlakatlarda yöqolib borayotgan hayvon turiga kiradi, şu bois u Tabiatni muhofaza qiliş xalqaro ittifoqining Qizil kitobidan joy olgan.