Amerikaning Nyu-Meksiko ştatida yaşovçi Xuan David Vilegas-Ernandes özining turmuş örtoği va tört qiziga öq uzib, voqea joyidan qoçib ketdi. Bu haqida Associated Press xabar qildi. 

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga köra, Xuan David öz oila a'zolarini öldirib, bu jarayonni kameraga tuşirgan, şundan söng öz avtomobilida noma'lum yönalişda jönab ketgan. 

Oila a'zolarini ularni körişga kelgan qarindoşi jonsiz holatda topgan. Vilegas-Ernandesning xotini 34 yoşda edi, qizlari esa 3, 7, 11 va 14 yoşda bölişgan. 

Politsiya xodimi Todd Ualdermutning aytişiga qaraganda, gumon qilinayotgan şaxs qizil rangli Ford pikapida harakatlanayotgan bölişi mumkin.