Aktyor, qöşiqçi va teleboşlovçi Aleksey Dayneko 13 iyunga ötar keçasi 47 yoşida vafot etdi. Bu haqida uning turmuş örtoği Yelena Logatskaya özining Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirdi. 

"Bugun Alyoşani yöqotdik... Bunga işongim kelmaydi", - deb yozdi u. 

Logatskaya TASS axborot agentligiga "ölim sababi aniqlanmoqda" dedi. 

Uning sözlariga köra, Aleksey Dayneko tungi soat 00:30 larda hayotdan köz yumgan. 

Uning turmuş örtoği tergov organlari bilan iş olib borişini bildirgan. Hozirgi vaqtgaça faqat Daynekoning 1 iyun kuni oyoği singani ma'lum, xolos. 

Aleksey Dayneko 1970 yilning 5 iyunida tavallud topgan. 1993 yilda GITISni tugallab, Rossiya armiyasining Markaziy akademik teatrida faoliyat yuritgan, "Planeta svyazi" telekörsatuviga boşlovçilik qilgan. 

Aktyor «Metod Lavrovoy-2», «Sekunda do...», «Karpov», «Imperiya pod udarom», «Vtoroy uboynyy», «Dalnoboyşçiki-3», «Balzakovskiy vozrast, ili Vse mujiki svo...», «Çto skazal pokoynik» seriallarida suratga tuşgan.